EUROGAR
Xizmatlar

To'liq sikl — bitta jamoadan

O'lchovdan servis xizmatigacha barcha bosqichlarni o'zimiz bajaramiz — pudratchilarsiz va ortiqcha to'lovlarsiz.

O'lchov va konsultatsiya

Darvoza yoki to'siq tanlashda eng muhim bosqich — to'g'ri o'lchov. Ochilish o'lchamidagi 1–2 sm xato butun konstruksiyaning ishlashiga ta'sir qiladi. Shuning uchun o'lchovni mutaxassisimiz o'zi bajaradi — bu xizmat butunlay bepul va sizni hech narsaga majburlamaydi.

Nimalar kiradi
  • Qulay kun va vaqtni siz tanlaysiz
  • Mutaxassis obyektni ko'rib, mos konstruksiyani tavsiya qiladi
  • O'lchovdan so'ng yakuniy narx aytiladi — u keyin o'zgarmaydi
  • Toshkent, Jizzax va Samarqand bo'ylab bepul
Chaqiruvga yozilish

Mutaxassis obyektga bepul keladi, aniq o'lchaydi va yakuniy narxni aytadi

+998

Professional montaj

Konstruksiyaning umri to'g'ri montajga bog'liq. O'rnatishni faqat o'z brigadalarimiz bajaradi — ular har bir mahsulot turi bo'yicha tayyorgarlikdan o'tgan. Ishni tugatgach, mexanizmni sozlab, sizga ishlatib ko'rsatamiz va kafolat hujjatini topshiramiz.

Nimalar kiradi
  • Kelishuvdan o'rnatishgacha — 3–7 kun
  • O'z montaj brigadalarimiz, pudratchilarsiz
  • Sozlash va ishlatishni o'rgatish narxga kiritilgan
  • Ish yakunida kafolat hujjati beriladi
Chaqiruvga yozilish

Kelishuvdan so'ng 3–7 kun ichida olib borib, o'rnatib, topshirib chiqib ketamiz

+998

Servis va ta'mirlash

Avtomatik darvoza va shlagbaumlar davriy texnik ko'rikni talab qiladi: mexanizmlarni moylash, avtomatikani sozlash, eskirgan qismlarni almashtirish. Servis xizmatimiz faqat biz o'rnatgan emas, boshqa tizimlarga ham xizmat ko'rsatadi.

Nimalar kiradi
  • Kafolat davrida ta'mirlash — bepul
  • Ehtiyot qismlar omborda — kutish minimal
  • Boshqa firmalar o'rnatgan tizimlarga ham xizmat
  • Chaqiruv bo'yicha yoki rejali texnik ko'rik
Chaqiruvga yozilish

O'rnatilgan tizimlarga texnik xizmat — kafolat davrida ham, undan keyin ham

+998

Yetkazib berish va to'lov

Yetkazib berish montaj bilan birga rejalashtiriladi — mahsulot obyektga brigada bilan bir kunda keladi, saqlash joyi haqida o'ylashingiz shart emas. Filiallarimiz Toshkent, Jizzax va Samarqandda — qo'shni hududlarga ham chiqamiz.

Nimalar kiradi
  • Yetkazish montaj kuni bilan birlashtiriladi
  • Naqd, bank o'tkazmasi yoki karta orqali to'lov
  • Yuridik shaxslar uchun shartnoma va hisob-faktura
  • Viloyatlarga yetkazish — kelishuv asosida
Chaqiruvga yozilish

Mahsulotni obyektgacha o'zimiz yetkazamiz; to'lov — naqd, o'tkazma yoki karta

+998

O'lchov ham, maslahat ham bepul

Raqamingizni qoldiring — 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz va taxminiy narxni aytamiz.

+998

Arizangiz qabul qilindi va menejerga yuborildi.